AsosiyJamiyat

Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasining sobiq rahbari qamoqqa olindimi? Bosh prokuratura holatga izoh berdi

'Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasining sobiq rahbari qamoqqa olindimi? Bosh prokuratura holatga izoh berdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasining sobiq rahbari  qamoqqa olingani haqida xabar tarqalgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining matbuot kotibi Hayot Shamsuddinov xabar berdi.

Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi mansabdor va moddiy javobgar shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167 va 209-moddalari bilan qo`zg`atilgan jinoyat ishi yuzasidan Nurafshon shahar prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Jinoyat ishi doirasida, 2021 yil 21 may kuni viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig`iga JKning 167-moddasi 2-qismi “a, v, g” bandlari bilan ayb e`lon qilinib, sudning ajrimi bilan "qamoqqa olish" ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

Ish bo`yicha haqiqatni aniqlashga to`sqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar