Kuni kecha Shahrisabz shahar tibbiyot birlashmasi xodimlari majburiy mehnatga jalb qilingani haqida xabarlar tarqalgandi.
Qashqadaryo viloyati sog`liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati ushbu holatga munosabat bildirdi, deya xabar bermoqda Xabar.uz.
O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan aniqlanishicha, Shahrisabz shahar tibbiyot birlashmasi tez tibbiy yordam bo`limida xo`jalik bekasi sifatida faoliyat yuritayotgan Z.A. qo`l ostida ishlovchi xodimlari O.B.ning navbatchilik vaqti tugaganidan so`ng, M.A. va M.A.ni esa ish vaqtida o`zlariga yuklangan vazifalarni bajartirmasdan, ularni mehnatga ma`muriy tarzda majburlagan.
Davlat mehnat inspeksiyasi qaroriga asosan Z.A.ga nisbatan respublika Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksning tegishli moddasiga ko`ra ma`muriy javobgarlik to`g`risida ish qo`zg`atish va amaldagi bazaviy hisoblash miqdorining ellik barobari miqdorida jarima jazosi tayinlash belgilandi.
Qayd etilishicha, shahar tibbiyot birlashmasi xodimlari (2021 yil 30 mart kunidagi №13 va 4 maydagi №18-sonli yig`ilish bayonlariga asosan) majburiy mehnatga jalb etmaslik bo`yicha ogohlantirilgan va zarur tushuntirish ishlari olib borilgan.