«Uzbekistan Airways» Toshkent–Termiz–Toshkent yo`nalishi bo`yicha qo`shimcha reys yo`lga qo`ydi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, parvoz 24 may, dushanba kuni Toshkent—Termiz—Toshkent yo`nalishida amalga oshiriladi. Toshkentdan Termizga parvoz vaqti quyidagicha:
- Toshkentdan uchish — 16:00;
- Termizga kelish — 17:20.
Termizdan Toshkentga qaytish:
- Termizdan uchish — 18:00;
- Toshkentga kelish — 19:10.