1

Xalqaro “Gullar festivali”ning birinchi kuni: Gullar avtoparadi va yorqin ko`rgazmalar. (Fotojamlanma)

Jamiyat 23.05.2021, 17:47
Teglar: gullar festivali
Xalqaro “Gullar festivali”ning birinchi kuni: Gullar avtoparadi va yorqin ko`rgazmalar. (Fotojamlanma)

Joriy yilning 23—31 may kunlari Namangan shahrida bo`lib o`tayotgan    xalqaro “Gullar festivali”ning birinchi kuni yorqin darajada davom etmoqda. Bugun 23 may kuni soat 10:00da Namangan xalqaro aeroporti oldida turfa xil gullar bilan bezatilgan 200 dan ortiq avtomashinalar karvoni shahar markazi tomon yo`l oldi.

Festival doirasidagi hafta mobaynida mehmonlarni ajoyib va betakror tadbirlar kutib turganini tashkilotchilar malum qilishdi. Gullar avtoparadi va ko`rgazmalari, gul etishtirish va landshaft dizayni bo`yicha master-klasslar, folklor ansambllari va o`zbek estradasi yulduzlarining chiqishlari, milliy hunarmadchilik va xalq amaliy san`ati asarlari namoyishi shular jumlasidan.

Festival yakunida tadbirda faol ishtirok etgan gulchilar qimmatbaho sovg`alar, jumladan, avtomobillar bilan taqdirlanishi ham ko`zda tutilgan.

Bugun tinchlik maydonida festivalning tantanali ochilish marosimi bo`lib o`tdi. Uni viloyat hokim Shavkatjon Abdurazzaqov ochib berdi.

Sharhlar

Namanganda oltmishinchi bor o`tkazilayotgan Xalqaro gullar festivalining tungi ko`rinishi (foto)

24.05.2021, 15:33

Ma`lumki, ayni kunlarda Namangan viloyatida Xalqaro gullar festivali bo`lib o`tmoqda. Marosimga tayyorgarlik sentyabr oyidan buyon davom etayotgandi. Shahar 10 milliondan ortiq gullar bilan burkanib,  ...
Namanganda xalqaro "Gullar festivali 2021" ochilish marosimi boshlandi (foto)

23.05.2021, 10:27

Shu yilning 23 may kuni Namangan shahrida xalqaro “Gullar festivali”ning ochilish marosimi tantanali ravishda boshlandi. Bu haqda Darakchi.uz muxbiri xabar berdi.Tabiiy gullar bilan bezatilgan turli...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1