1

Kosondan Toshkentga yuborilayotgan 450 kg yaroqsiz go`sht ushlandi

Jamiyat 23.05.2021, 19:04
Kosondan Toshkentga yuborilayotgan 450 kg yaroqsiz go`sht ushlandi

21 may kuni Qashqadaryo viloyati IIB Karantin tadbirlarini ta`minlash bo`linmasi hamda Koson tumani IIO FMB xodimlari tomonidan Qashqadaryo-Toshkent yo`nalishida “Arabxona” MFYda yashovchi fuqarolar M.T. va B.R.lar “Jentra” avtomashinasida Koson tumanidan Toshkent shahriga  iste`molga yaroqsiz bo`lgan suyagidan ajratilgan 450 kg noma`lum hayvon go`shti olib ketayotganligi aniqlanib, ushlandi. Bu haqda IIV Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi xabar qildi.

Ushlangan iste`molga yaroqsiz mahsulot Veterinariya xodimlari bilan hamkorlikda yo`q qilinib, to`plangan hujjatlar tuman IIO FMB huzuridagi Tergov bo`linmasiga topshirildi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1