1

Dam olgani chiqqan 10 nafar yigitdan biri kuchli yomg`ir sabab Parkent tog`larida bedarak yo`qoldi

Jamiyat 23.05.2021, 20:31
Dam olgani chiqqan 10 nafar yigitdan biri kuchli yomg`ir sabab Parkent tog`larida bedarak yo`qoldi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari tomonidan tog`da adashib qolgan yigit topildi. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma`lum bo`lishicha, kecha 22 may kuni 10 kishidan iborat o`rtoqlar Kumushkon tog`lariga (Toshkent viloyati Parkent tumani) dam olgani chiqishgan. Yigitlar baland tog`likka  ko`tarilganlarida birdan kuchli yomg`ir yog`a boshlagan, yigitlar tezda tog`dan tushishgan.

Biroq, pastga tushganlarida o`rtoqlaridan birini qidirib qolishadi.

Qolib ketgan o`rtog`ini qidirish uchun yigitlar Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qidiruv-qutqaruv guruhidan yordam so`rashgan. Uch soatlik qidiruv jarayonida bedarak yo`qolgan yigit topildi va do`stlariga sog` omon topshirildi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1