AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov 60 yoshga to`ldi. Prezident bosh vazirni yuksak orden bilan taqdirladi

'Bugun O`zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov 60 yoshga to`ldi. Prezident bosh vazirni yuksak orden bilan taqdirladi'ning rasmi

Bugun O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Nigmatovich Aripov 60 yoshga to`ldi.

O`zA xabariga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq, davlat idoralaridagi ko`p yillik fidokorona mehnati, mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash va iqtisodiy qudratini yuksaltirish, muhim strategik loyihalarni hayotga tatbiq qilish borasidagi ulkan xizmatlari, ibratli faoliyati hamda tavalludining 60 yilligi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlandi.

Shu munosabat bilan Abdulla Nigmatovichni samimiy muborakbod etamiz hamda mustahkam sog`lik, tinchlik-omonlik, baxt-saodat, mas`uliyatli davlat lavozimidagi faoliyatiga yangi zafarlar tilaymiz.

    Boshqa yangiliklar