AsosiyJamiyat

Namanganda Respublika fan olimpiadasida g`olib bo`lgan 10 nafar o`quvchiga xalqaro universitetda o`qish uchun 4 yillik grant asosida o`qish imtiyozini beruvchi 12800 AQSh dollari qiymatidagi vaucherlar topshirildi

'Namanganda Respublika fan olimpiadasida g`olib bo`lgan 10 nafar o`quvchiga xalqaro universitetda o`qish uchun 4 yillik grant asosida o`qish imtiyozini beruvchi 12800 AQSh dollari qiymatidagi vaucherlar topshirildi'ning rasmi

Namanganda fizika, informatika va tarix fanlari bo`yicha fan olimpiadasining respublika bosqichi g`oliblari taqdirlandi. Bu haqda Namangan viloyat xalq ta`limi boshqarmasi Axborot xizmati xabar qildi.

22-23 may kunlari bo`lib o`tgan fan olimpiadasining respublika bosqichiga Namangan viloyati mezbonlik qildi.  

Bellashuvlarda viloyat bosqichlarida g`oliblikni qo`lga kiritgan 111 nafar  ishtirokchi 2 bosqichda o`z bilimini sinovdan o`tkazdi.  

Musobaqa natijasiga ko`ra, fizika fanidan 5 nafar, informatika fanidan 5 nafar o`quvchiga O`zbekiston – Koreya xalqaro universitetida 4 yillik grant asosida o`qish imtiyozini beruvchi 12800 AQSh dollari qiymatidagi vaucher va sertifikatlar topshirildi.

Shuningdek g`oliblar diplom va qimmatbaho sovg`alar bilan taqdirlandi.

 

 

    Boshqa yangiliklar