Istanbul shahrida O`zbekiston Respublikasi fuqarosi, 2002 yilda tug`ilgan Axmedov Boburjon Komiljon o`g`li qidirilmoqda. Bu haqda O`zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi rasmiy kanalida xabar berildi.
Ma`lum qilinishicha, Boburjon Axmedov joriy yilning may oyida Turkiyaning Istanbul shahriga kelgan. Hozirgi kunga qadar yaqin qarindoshlariga aloqaga chiqmagan.
Bosh konsulxona Boburjon Axmedovni tanigan yoki u haqida ma`lumotga ega bo`lgan Turkiyadaga vatandoshlarmizdan whatsap tarmog`i orqali +971 56 987 7634, +9983002244 raqamlariga yoki Bosh konsulxonaning +90 (212) 323 20 37 telefon raqamiga zudlik bilan xabar berishlarini iltimos qiladi.






