AsosiyJamiyat

"Ko`plab tadbirlar rejalashtirilgan". Shavkat Mirziyoevning haftalik ish grafigi ma`lum qilindi

'"Ko`plab tadbirlar rejalashtirilgan". Shavkat Mirziyoevning haftalik ish grafigi ma`lum qilindi'ning rasmi

Bugun, 24 may kuni Milliy matbuot markazida O`zbekiston Prezidenti Administrasiyasi rahbarining o`rinbosari – matbuot kotibi Sherzod Asadov ishtirokida brifing bo`lib o`tdi. Unda Shavkat Mirziyoevning yangi haftadagi ish grafigi qanday bo`lishi ma`lum qilindi, deya xabar bermoqda "Darakchi" muxbiri Sardorbek Rahmonqulov. 

Ma`lum qilinishicha, ushu haftada ham ko`plab tadbirlar rejalashtirilgan.

Jumladan, olis va chekka hududlarda maktabgacha ta`lim muassasalarini tashkil etish bo`yicha taqdimot, “O`zagrohimoya” AJ tizimini isloh qilishga doir yig`ilish bo`lishi kutilmoqda.

Hududlarda ipoteka dasturlarini amalga oshirish, ko`p kvartirali uy-joylar massivlarini barpo etish, ularni infratuzilma bilan ta`minlash hamda xizmat ko`rsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig`ilishi o`tkazilishi mo`ljallangan.

Shuningdek, hafta oxirida barqaror rivojlanish maqsadlarini moliyalashtirish dasturi ijrosini samarali ta`minlash yuzasidan kengaytirilgan yig`ilish bo`lishi kutilmoqda.

Shuningdek, Prezident 30 may kuni Janubiy Koreya poytaxti Seul shahrida videoanjuman shaklidao`tadigan 2030 yilga qadar «yashil» taraqqiyot va global maqsadlar uchun sheriklik Ikkinchi xalqaro sammitida nutq so`zlaydi.

Rejalashtirilgan tadbirlarda o`zgarish bo`lsa, ularning tafsilotlari bo`yicha keyingi brifingimizda xabar berilishi ma`lum qilindi. 

    Boshqa yangiliklar