1

Toshkentning qator tumanlarida sovuq suv va issiq suv bir necha kunga o`chiriladi (ro`yxat)

Jamiyat 24.05.2021, 12:24
Toshkentning qator tumanlarida sovuq suv va issiq suv bir necha kunga o`chiriladi (ro`yxat)

25 may soat  10:00 dan 27 may  soat 06:00 gacha Yashnobod va Mirobod tumanlaridagi ichimlik suvi tarmoqlarida bahorgi rejali profilaktik ishlar olib borilishi munosabati bilan poytaxtining bir necha tumanlarida ichimlik suvi va issiq suv o`chiriladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Axborot xizmati xabar qildi. 

Rejaga ko`ra, quyidagi manzillarga ichimlik suvi ta`minoti to`xtatiladi.  

Yashnobod tumanida:

– «Katta Olmos», «Iqbol», «O`rtamasjid», «Mumtoz», «Katta Qo`yliq», «Qo`yliqobod», «Uysozlar», «Tarnovboshi», «Yangiqo`rg`on», «Behizor», «Bunyodkor», «Yanginur», «Oydinko`l», «Shohimardon», «Katta Yangiobod», Shohsanam, Nodira, «Donishmand», «Xosiyatli», «Yangidavr» mahallalarida;  

– Uysozlar va Uysozlar tor ko`chalarida, Tolariq  va Tolariq tor ko`chalarida, Mumtoz va Mumtoz tor ko`chalarida,  Ohangrabo va Ohangrabo tor ko`chalarida,  Tabibiy va Tabibiy  tor ko`chalarda, Tabassum va Tabassum  tor ko`chalarida, Latofat  va Latofat tor ko`chalarda, Bunyodkor va Bunyodkor  tor ko`chalarida, Nigora va Nigora tor ko`chalarida, Shohsanam va Shohsanam tor ko`chalarida, Charos, Saodat, Muloyim, Tabarruk ko`chalarida;

– To`yona 2, 3, 4, 6, 7, 8, 9 - dahalarida, Qo`yliq mavzesida, Uysozlar mavzesida.

Bektemir tumanida:  

– Abay, «Bektemir», «Oltintopgan», Husayn Boyqaro, «Majnuntol», «Mirishkor», «Rohat», «Zilola», «Iqbol», «Chashma», «Nurafshon» mahallalarida;

– Porloq ko`chasida,  Suvsoz-1, 2 dahalarida.

Mirobod tumanida:  

– Qo`yliq ota, Barotxo`ja, «Parvona», «Bayot», «Chinor», «Yangi Qo`yliq», «Yuksalish», «Fayziobod», «Oq uy», «Ziyonur», «Tolariq» mahallalarida;  

– Qo`yliq - 1, 2, 3, 4 dahalarida;

– Fayziobod, Bilimdon ko`chalarida.  

Sergeli tumanida:  

– «Qo`shqo`rg`on», «Xonobod», «Quruvchilar», «Ziyokor»,  «Madaniyat», Shukur Burxonov mahallalarida.  

Sergeli tumani bo`yicha suv bosimi kamayadigan manzillar:

– «Qumariq», «Qipchoq», «Nurhayot», «So`g`diyona», «Daryo bo`yi», «No`g`ay Qo`rg`on», «Viqor», «Bunyodobod», «Ziynat», Yo`ldosh, «Navqiron», «Ittifoq», «Ezgulik», «Madadkor», Habibiy, «Tashabbus», «Yangi Umid», «Oriyat», Marxamat mahallalarida.

Yangixayot tumani bo`yicha suv bosimi kamayadigan manzillar:

– «Olchazor», «Charag`on», «Do`stlik», «Yorqin» mahallalarida

Shuningdek,  

– Bektemir tumanidagi “Vodnik” qozonxonasiga;

– Sergeli tumani 8-sonli va “Sanoat qurilish” qozonxonalariga;

– Mirobod tumani 6-sonli qozonxonaga ichimlik suvi ta`minoti to`xtatilishi munosabati bilan ushbu qozonxonalar  faoliyati ham 3 kun muddatga to`xtatiladi.

«Toshkent shahar suv ta`minoti» MChJ  keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so`raydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1