AsosiyJamiyat

Rossiyada og`ir kasallikka chalingan o`zbekistonlik yurtga qaytarildi

'Rossiyada og`ir kasallikka chalingan o`zbekistonlik yurtga qaytarildi'ning rasmi

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi, vakolatli tashkilotlar va saxiy insonlar ko`magida pandemiya sharoitida xorijda murakkab moliyaviy ahvolga tushib qolgan fuqarolarimizni qo`llab-quvvatlash, moddiy-huquqiy yordam ko`rsatish, ularni Vatanga qaytarishga alohida e`tibor qaratilmoqda. Bu haqda agentlikning Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Rossiya Federasiyasining Vladivostok shahrida og`ir kasallikka chalinib, moliyaviy qiyin ahvolga tushib qolgan samarqandlik hamyurtimiz O`zbekistonga qaytarildi.

Vladivostok shahrida faoliyat yuritib kelayotgan “Vostok-Buxara” mas`uliyati cheklangan jamiyati moliyaviy ko`magida hamda O`zbekiston Respublikasining Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasining tashkiliy-huquqiy yordami bilan Vladivostok-Buxoro yo`nalishi bo`yicha tashkillashtirilgan charter reys orqali bepul O`zbekistonga olib kelindi.

    Boshqa yangiliklar