1

Hafta davomida havo harorati 40 darajagacha ko`tarilishi mumkin

Jamiyat 24.05.2021, 16:03
Hafta davomida havo harorati 40 darajagacha ko`tarilishi mumkin

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, 25 mayda baland siklon ta`siri faqat respublikaning eng sharqiy hududlarida saqlanib turadi. Farg`ona vodiysi viloyatlarida, tog` oldi va tog`li hududlarda ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, shamol 17-22 m/s gacha kuchayishida momaqaldiroq bo`lishi mumkin.

26 maydan O`zbekiston hududiga Eron hududlaridan juda iliq havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Kunduzgi havo harorati 34-37° gacha, janubda va cho`l hududlarda 38-40° gacha ko`tariladi, bu o`rtacha ko`p yillik qiymatlardan 5-8° ga ko`p bo`ladi.

O`zgidromet 24-27 may kunlarida respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida mahalliy yomg`irlar yog`ishi hisobiga sel kelishi xavfi haqida ogohlantiradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1