1

Angrenda 8 ta mashina ishtirokida ayanchli YTH sodir bo`ldi. 5 kishi halok bo`lgan, shuningdek... (video)

Jamiyat 24.05.2021, 16:14
Angrenda 8 ta mashina ishtirokida ayanchli YTH sodir bo`ldi. 5 kishi halok bo`lgan, shuningdek... (video)

2021 yil 24 may kuni soat 09:30larda Angren shahridan o`tuvchi A-373 avtomobil yo`lining 184 km.da “Namangan-Toshkent” yo`nalishi bo`yicha harakatlanayotgan “MAN” rusumli tirkamali yuk avtomobili boshqaruvini yo`qotib, ag`darilib, o`zidan oldinda temir yo`l kesishmasiga etmay  to`xtagan. Natijada “Lasetti”, “Kobalt”, “Jentra”, “Neksiya-3”, “Matiz”, “Neksiya-3” va “Lasetti”  rusumli avtomobillari bilan to`qnashib, YTH sodir bo`lgan. To`qnashuv natijasida “Lasetti” rusumli avtomobili yongan.    

FVV xabar berishicha, YTH natijasida 5 nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan hamda 4 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohati olgan, fuqarolarning shaxsiga aniqlik kiritilmoqda.  

Tan jarohati olgan fuqarolar Angren shahar Tibbiyot birlashmasiga  yotqizilgan.  

Voqea joyiga Toshkent viloyati FVB va Angren shahar FV bo`limi, IIB, Prokuratura va SSB hamda tezkor-tergov guruxi xodimlari chiqishgan.

Sodir bo`lgan YTH yuzasidan dastlabki tergovoldi tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1