AsosiyJamiyat

Tergov departamenti Angrendagi mudhish YTH ning qo`shimcha tafsilotlarini e`lon qildi. Halok bo`lganlar beshtadan ko`proq

'Tergov departamenti Angrendagi mudhish YTH ning qo`shimcha tafsilotlarini e`lon qildi. Halok bo`lganlar beshtadan ko`proq'ning rasmi

Avvalroq, Angrenda 8 ta mashina ishtirokida ayanchli YTH sodir bo`lgani haqida xabar bergan edik. O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti hodisaning qo`shimcha tafsilotlari haqida ma`lumot berdi. 

Departament ma`lumotlariga ko`ra, fuqaro 40 yoshli M.Umidjon boshqaruvida bo`lgan tirkamali « MAN» rusumli yuk mashinasida Angren shahar hududidan o`tgan A-373-M-39 «Toshkent-O`sh» avtomobil yo`li bo`ylab O`sh shahar yo`nalishidan Toshkent yo`nalishi bo`yicha boshqarib, ushbu yo`lning 183-kilometrda rul boshqaruvini yo`qotib, yo`nalish bo`ylab harakatlanib ketayotgan temir yo`l kesishmasiga etmasdan to`xtab turgan fuqaro 43 yoshli I.Olimning boshqaruvida bo`lgan «Lacetti», 30 yoshli K.Rufatilla boshqaruvida bo`lgan “Nexia-2”, 44 yoshli E.Mahamadali boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli, 46 yoshli I.Olmas boshqaruvidagi “Lacetti” rusumli, 45 yoshli M.Zuxriddin boshqaruvidagi “Lacetti” rusumli, 39 yoshli K.Muxtorjon boshqaruvidagi “Nexia-3” rusumli va “Matiz” rusumli avtomashinalar bilan to`qnashib, yo`l transport hodisasini sodir etgan.

Natijada jami 7 nafar shaxslar hodisa joyida vafot etgan va 14 nafar shaxslar olgan tan jarohatlari bilan shifoxonaga murojaat qilganlar.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyat IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, odamlar o`limiga sabab bo`lsa) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar