1

Parlament kutubxonasi ishga tushirildi(foto)

Jamiyat 24.05.2021, 19:47
Parlament kutubxonasi ishga tushirildi(foto)

19 may kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Parlament kutubxonasining ochilishiga bag`ishlangan ma`naviy-ma`rifiy tadbir bo`lib o`tdi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmati ma`lum qildi.

Unda Oliy Majlis Senati a`zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi xodimlari, Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasi vakillari, olimlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Prezidentimiz 2020 yil 20 yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining birinchi majlisida parlament quyi palatasi binosida xalq vakillarining o`z faoliyati, xususan, qonun ijodkorligi jarayonida zarur bo`ladigan ma`lumotlar va etarli ko`nikmalarga ega bo`lishlari uchun zamonaviy, qulay, shuningdek, mamlakatimiz hamda jahonning ilg`or axborot resurs markazlari bilan elektron integrasiyalasha oladigan Parlament kutubxonasini tashkil etish taklifini qo`llab-quvvatlagan edi.

Qayd etish kerakki, mazkur kutubxona negizida xorijiy mamlakatlar parlamentlari bilan o`zaro kelishuv-memorandumlarini tuzish va u asosida o`zaro elektron kutubxona ma`lumotlar bazalari almashinuvi tashkil etiladi. Parlament kutubxonasining elektron kitob fondini kengaytirish maqsadida Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasi, “Jahon raqamli kutubxonasi” (BMT va AQSh Kongressi qo`shma loyihasi), “Evropa raqamli kutubxonasi” va “Google kutubxonasi” fondlaridan foylanish yo`lga qo`yilib, tashrif buyuruvchilarga qulaylik yaratish maqsadida infokiosklar o`rnatildi.

Shuningdek, Parlament kutubxonasi butunjahon ilmiy-ta`lim ma`lumotlar bazalari — “Library Press Display”, “JSTOR”, “East View”, “Springer Link”, “ProQuest” ulandi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1