1

Samarqandda tramvay to`xtab qoldi. Hokimlik holat yuzasidan izoh berdi(video)

Jamiyat 24.05.2021, 20:14
Samarqandda tramvay to`xtab qoldi. Hokimlik holat yuzasidan izoh berdi(video)

Samarqand shahrida tramvay to`xtab qolgani va uni yo`lovchilar siljitib harakatga keltirayotgani aks etgan videolavha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan edi. Holat yuzasidan Samarqand shahar hokimligi izox berdi.

Ta`kidlanishicha, Samarqand shahri 1-sonli "Sattepo maskani-Temir yo`l bekati" tramvay yo`nalishining Buyuk Ipak yo`li ko`chasida elektr tarmog`idagi qisqa uzilish sodir bo`lgan. Natijada shu ko`chadan kelayotgan 1012-sonli tramvay vagon Mirzo Ulug`bek va Buyuk Ipak yo`li ko`chalari chorrahasida harakatdan to`xtab qolgan.

Yuzaga kelgan vaziyatni oldini olish hamda harakat xavfsizligini ta`minlash maqsadida vagon ichida bo`lgan yo`lovchilar boshqa yo`nalishdagi avtotransport vositalariga xalaqit qilmasligi uchun chorrahadan vagonni olishga yordamlashgan.

Ikki soat vaqt oralig`ida elektr tarmog`idagi uzilish holati tuzatilgan va 1012-sonli vagon ish faoliyatini davom ettirgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1