1

Joriy yilda maktablarni qariyb 438 ming nafar o`quvchi yoshlar bitirayapti

Jamiyat 24.05.2021, 22:33
Joriy yilda maktablarni qariyb 438 ming nafar o`quvchi yoshlar bitirayapti

Avval xabar berganimizdek, Prezident Shavkat Mirziyoev maktab bitiruvchilariga tabrik yo`lladi. Prezident o`z tabrigida joriy yilda mamlakatdagi maktablarni qariyb 438 ming nafar o`quvchi yoshlar bitirayotganini alohida qayd etdi:

Qariyb 438 ming nafar o`quvchi yoshlarimiz etuklik shahodatnomalarini qo`llariga olmoqda.

Qisqa muddatda maktabgacha ta`lim, oliy va o`rta maxsus ta`lim tizimida muhim o`zgarishlar amalga oshirildi. “Yangi O`zbekiston – maktab ostonasidan boshlanadi” degan shior asosida maktab ta`limini rivojlantirish umumxalq harakatiga aylandi.

Bu haqda gapirganda, oxirgi to`rt yilda 134 ta yangi maktab qurilib, 2 ming 965 ta maktab rekonstruksiya qilinib, tubdan ta`mirlangani va jihozlanganini qayd etish lozim.

Yurtimizda mutlaqo yangicha mazmun va shakldagi zamonaviy Prezident maktablari, ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablar barpo etilmoqda.

Hozirgi vaqtda respublikamizda 10 mingdan ziyod davlat umumta`lim, 171 ta nodavlat, 18 ta davlat-xususiy sheriklik shaklidagi maktablar faoliyat ko`rsatmoqda. Jumladan, 56 ta matematika, 28 ta kimyo-biologiya, 14 ta axborot texnologiyalari fanlariga ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etildi.

Shu boradagi ishlarimizni izchil davom ettirib, keyingi paytda fizika va chet tillariga ixtisoslashtirilgan maktablar ochishga alohida e`tibor bermoqdamiz. Shu yil sentyabr oyida 14 ta fizika va 207 ta chet tillariga ixtisoslashtirilgan maktab o`z faoliyatini boshlashini alohida ta`kidlash lozim.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1