AsosiyJamiyat

Rossiya, Qozog`iston va Turkiyadagi mehnat migrantlari qonuniy huquq va manfaatlari yuridik xizmat ko`rsatuvchi tashkilotlar orqali himoya qilinadi

'Rossiya, Qozog`iston va Turkiyadagi mehnat migrantlari qonuniy huquq va manfaatlari yuridik xizmat ko`rsatuvchi tashkilotlar orqali himoya qilinadi'ning rasmi

Rossiya, Qozog`iston va Turkiyada vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yurtdoshlarimizning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi ushbu mamlakatlardagi yuridik xizmat ko`rsatuvchi tashkilotlar bilan hamkorlik bitimlarini imzolagan. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi Axborot xizmati xabar berdi. 

Ushbu bitimlarga muvofiq quyidagi hollarda huquqiy himoya qilish ko`zda tutilgan:

* mehnatga haq to`lash tartibi bo`yicha – ish beruvchi tomonidan hujjat bilan tasdiqlangan qarzdorliklarni undirishga oid da`volarni sudgacha bo`lgan tartibda yoki sud tartibida hal qilish;

* mehnat majburiyatlarini bajarish vaqtida mehnat migrantining sog`lig`iga etkazilgan zarar uchun ish beruvchi tomonidan moddiy va ma`naviy zararlarni qoplashga oid da`volarni sudgacha bo`lgan tartibda yoki sud tartibida hal qilish masalalari;

* ishchining mehnat vazifalarini bajarish jarayonida vafot etishi oqibatida etkazilgan zararni qoplash yoki mehnat vazifalarini bajarishda sog`lig`iga etkazilgan zarar uchun moddiy to`lovlarni undirish yuzasidan sug`urta polisi yoki Rossiya, Qozog`iston va Turkiya davlatlarining vakolatli jamg`armalari mablag`lari hisobidan sug`urta to`lovlariga oid da`volarni sudgacha bo`lgan tartibda yoki sud tartibida hal qilish masalalari;

* Rossiya, Qozog`iston va Turkiyadan ma`muriy chiqarib yuborish to`g`risida noqonuniy qabul qilingan sud qarorlarini bekor qilish yuzasidan appelyasiya va kassasiya tartibida shikoyat kiritish borasidagi yuridik harakatlar.

 

    Boshqa yangiliklar