1

Toshkentda Germaniyaga ishga jo`natishni va`da qilib, fuqarodan katta miqdorda pul undirgan shaxsga chora ko`rildi

Jamiyat 25.05.2021, 10:43
Toshkentda Germaniyaga ishga jo`natishni va`da qilib, fuqarodan katta miqdorda pul undirgan shaxsga chora ko`rildi

Shayxontohur tumani IIO FMBdan kelib tushgan xabarga ko`ra, 2020 yilning yanvar oyida 45 yoshli Faxriddin X. 23 yoshli Sarboz Sh.ga uni Germaniyaga jo`natishni va`da qilgan. O`z «xizmatlari» uchun 3.800 AQSh dollari olgan Faxriddin va`dasida turmasdan, pullarni o`z ehtiyojlariga sarflab yuborgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati xabar qildi. 

Mazkur fakt asosida Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi («Firibgarlik») bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atildi.

"Hurmatli hamshaharlar va Toshkent mehmonlari! Ogoh bo`ling! Masalaning echimini vakolatiga kirmaydigan shaxslarga ishonib topshirmang", - deyiladi xabarda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1