AsosiyJamiyat

Sariosiyo tumaniga yangi hokim tayinlandi, avvalgisi vazirga o`rinbosar bo`ldi

'Sariosiyo tumaniga yangi hokim tayinlandi, avvalgisi vazirga o`rinbosar bo`ldi'ning rasmi

O`ktam Ismoilovich To`raev Prezident qaroriga asosan Qurilish vazirining o`rinbosari lavozimiga tayinlandi. O`ktam To`raev tayinlovga qadar Sariosiyo tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritgan.

Shu kunga qadar Qurilish vazirining o`rinbosari lavozimida ishlagan Erkin Bo`rievich Iskandarov boshqa ishga o`tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.

Bugun Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida To`raev O`ktam Ismoilovich  Qurilish vazirining o`rinbosari lavozimiga o`tganligi munosabati bilan Sariosiyo tumani hokimi lavozimidan ozod qilindi. Viloyat hokimining o`rinbosari, mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash boshqarma boshlig`i Xo`jaqulov Abdusalom Pardaevich Sariosiyo tumani hokimi etib tasdiqlandi.

 

    Boshqa yangiliklar