1

Bugun Samarqanddagi Registon maydoni atrofida besh soat transport harakati cheklanadi

Jamiyat 25.05.2021, 14:14
Bugun Samarqanddagi Registon maydoni atrofida besh soat transport harakati cheklanadi

Samarqand shahridagi Registon maydonida joriy yilning 25 may kuni “Jahon Rossiya Milliy filarmoniyasi” orkestri bosh dirijyori va badiiy rahbari Vladimir Spikov boshchiligidagi xayriya konsert dasturini o`tkazish rejalashtirilgan. Bu haqda Samarqand shahar hokimligi Axborot xizmati ma`lum qilgan.

Shu munosabat bilan bugun 18:00 dan 23:00 ga qadar tadbir o`tkaziladigan hududlarda jamoat tartibini saqlash maqsadida quyidagi ko`chalarda avtotranport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi:  

- Registon ko`chasining "Non bozorchasi" oldidan So`zangaron ko`chasi "Registon" supermarketgacha bo`lgan qismida;

- Dahbed ko`chasining Registon ko`chasi bilan kesishgan chorrahasidan Registon maydoni tomon boruvchi qismida;

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1