1

Surxondaryoda aholining chorvasini bo`g`izlab ketayotgan noma`lum hayvonning bolalari topildi (foto)

Jamiyat 25.05.2021, 17:36
Teglar: ekologiya qo`mitasi
Surxondaryoda aholining chorvasini bo`g`izlab ketayotgan noma`lum hayvonning bolalari topildi (foto)

Ijtimoiy tarmoqlarda “Surxondaryo viloyati Muzrabod tumanida odamlar qo`ylarni bo`g`izlab ketayotgan noma`lum hayvonni urib o`ldirdi” sarlavha ostidagi videomurojaat Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan IIB bilan 24-25 may kunlari o`rganildi. 

Aholi bilan suhbat jarayonida noma`lum hayvon tomonidan 10 dan ortiq chorva mollari bo`g`izlab ketilganligi va mahalla fuqarolari yig`ilib, tunda hayvonni ta`qib qilib, tayoqlar yordamida urib o`ldirganliklarini ma`lum qildilar.

“Oriyat” mahallasi hududidagi “Shomurodov Akbar” fermer xo`jaligiga qarashli dalaning chetida ikki bosh noma`lum hayvonning bolalari topib olindi. Hozirda ushbu hayvon bolasi qarovsiz qolib ketganligi va ushbu hayvonni saqlab qolish hamda turini aniqlash maqsadida Termiz hayvonot bog`iga topshirildi.

Sharhlar

2020 yilda qancha daraxt noqonuniy kesilgani haqida ma`lumot berildi

17.02.2021, 16:59

O`tgan yil davomida 7812 tup daraxt noqonuniy kesilgan va 15,3 mlrd so`mlik zarar etkazilgan.Bu haqda AOKAda tashkil etilgan matbuot anjumanida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat...
80 foiz jamoat transporti gaz hamda elektr dvigateliga o`tkaziladi

03.11.2019, 11:32

Adliya vazirligi tomonidan “Qonunchilikdagi yangiliklar” nomli brifing va matbuot anjumani tashkil etildi. Bu haqida O`zA xabar qilmoqda. Unda dastlab soha mutaxassislari ishtirokida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1