1

“O`zbekneftgaz” tizimidagi korrupsion holatlarga chek qo`yilmoqda

Jamiyat 25.05.2021, 19:22
Teglar: “O`zbekneftgaz”
“O`zbekneftgaz” tizimidagi korrupsion holatlarga chek qo`yilmoqda

“O`zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullaevning topshirig`iga ko`ra, moliyaviy va komplaens nazorati yo`nalishida korrupsiya, iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashishga, ularni kelgusida yo`l qo`yilishini oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar davom etmoqda. Bu haqda “O`zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Navbatdagi o`rganish, “Andijon neft bazasi” mas`uliyati cheklangan jamiyatida o`tkazilib, natijada neft mahsulotlarining saqlanishi, iste`molchilarga etkazib berilishi, debitorlik, kreditor qarzdorliklar bilan ko`plab noo`rin xarajatlar, shuningdek, amaldagi qonunchilikka rioya qilinmaslik holatlari aniqlandi.

Xususan, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 28 fevraldagi 149-sonli qaroriga asosan, neft mahsulotlari to`lov oldindan 100 foiz o`tkazilganda etkazib berilishi belgilangan bo`lsada, amalda belgilangan me`yoriy hujjatlarga muntazam amal qilmaslik oqibatida “Andijon neft bazasi” MChJda 24 mlrd 32 mln 345 ming so`m debitor qarzdorlik yuzaga kelgan bo`lib, ushbu debitor qarzdorliklari 01.04.2021 yil holatiga muddati o`tgan hisoblanadi.

Bundan tashqari, o`z vaqtida undiruv choralari ko`rilmagani natijasida, “Jizzax neft bazasi” MChJ bo`yicha 2006–2017 yillarga oid 8 mlrd 675 mln 368 ming so`m debitorlik qarzdorligi “umidsiz qarz”ga aylanib ulgurgan.

2019–2021 yillarda Jamiyat hamda Buxoro neftni qayta ishlash zavodi va Farg`ona neftnii qayta ishlash zavodi bilan tuzilgan “Mas`ul saqlash shartnomasi”ning 4.1.-bandi “Mas`ul saqlovchi” yoki xaridor “Mas`ul saqlovchi” sig`imlarida saqlanilayotgan “Buyurtmachi”ga tegishli mahsulotlarni O`zbekiston Respublikasi Tovar xomashyo birjasi orqali “Buyurmachi” tomonidan savdoga qo`yilgan miqdorlar bo`yicha sotib oladi deb ko`rsatib o`tilgan, bo`lsada Jamiyat tomonidan o`rtadagi shartnoma majburiyatlariga rioya qilmasdan yuqoridagi korxonalarga tegishli bo`lgan jami 55 667 209,7 ming so`mlik (O`zRTHBning 10-12.05.2021 yildagi o`rtacha kotirovka narxlarida 61 907 679,7 ming so`mlik) 7700,2 tonna neft mahsulotlarini belgilangan tartibda birja savdolari orqali sotib olmasdan iste`molchilarga noqonuniy tarzda yuklab jo`natilgan.

Natijada, ishlab chiqarish korxonalariga ushbu mablag` to`lab berilmagan, bugungi kunda ushbu berib yuborilgan mahsulot hisobiga yuqorida qayd etilganidek muddati o`tgan debitorlik qarzdorligi mavjud bo`lsa, qolgan mablag`lar esa Jamiyatning ehtiyojlari uchun ishlatib yuborilgan.

Ta`kidlash joizki, 2019–2021 yillar davomida Jamiyat va uning filiallari tomonidan birja savdolari orqali sotib olmasdan, noqonuniy tarzda iste`molchilarga yuklab jo`natgan neft mahsulotlari xozirgi kundagi xarid narxlari bilan solishtirib hisoblanganda, Jamiyat va uning filiallari ko`radigan zarar miqdori jami 6 240 470,1 ming so`mni tashkil etmoqda.

O`rganish davomida, “Andijon neft bazasi” MChJ va uning filiallari tasarrufidagi 12 ta FYoTShlar tomonidan viloyatdagi qishloq xo`jalik mahsulotlarini etishtiruvchi iste`molchilarga jami 33 003,7 ming so`mlik 5144 litr neft mahsulotlaridan kamomadi aniqlanib, qisman o`rganish jarayonida qoplandi. Shuningdek, 5 ta FYoTShlarda jami 6343,5 ming so`mlik 862 litr neft mahsulotlari ortiqchaligi aniqlandi.

Mablag` iqtisodi, xarajatlar rejasiga amal qilish borasidagi vaziyat ham achinarli holatda. “Andijon neft bazasi” MChJ xamda uning filiallari tomonidan 408 ta xolatda jami 129 mln 749 ming so`mlik ish xaqi, moddiy yordam pullari va mukofot pullari ortiqcha hisoblanib to`langan. kompensasiya to`lovlari noo`rin hisoblangan. Mehnat shartnomasi bekor qilingan 6 nafar sobiq xodimlar nomiga 29 mln 997 ming so`m ish haqi yozilgan.

Ishdagi yo`l qo`yilgan kamchiliklar ortidan, “Andijon neft bazasi” mas`uliyati cheklangan jamiyati direktorining birinchi o`rinbosari – bosh muhandis J. Qutliqov, Direktorning marketing va mahsulot sotish bo`yicha o`rinbosari A. Qurbonov, Iqtisodiy masalar bo`yicha direktorning o`rinbosari B. Yorqulov, Bosh buxgalter-bo`lim boshlig`i F. Yusupov, Neft mahsulotlarini sotish, tarqatish va saqlash bo`limi boshlig`i A. Ibragimov, Buxgalteriya bo`limi neft mahsuloti uchyoti va boshqa mijozlar bilan ishlash buyicha etakchi mutaxassisi A. Mamatqulov, “Poytug`” filiali boshlig`i D. Mahmudov, “Poytug`” filiali ish xaqi buxgalteri G`. Rahimov, “Poytug`” filiali buxgalteriya bo`limi boshlig`i-bosh buxgalteri Q. To`xtasinov egallab turgan lavozimidan ozod etildilar.

“Andijon neft bazasi” MChJda olib borilgan o`rganishlar natijasida, “O`zbekneftgaz” AJ Moliyaviy va komplaens nazorat departamenti tomonidan aniqlangan qonunbuzilish holatlari o`rganish hujjatlari, qonuniy chora ko`rish uchun huquqni muhofaza qilish davlat idoralariga yuborildi.

Sharhlar

“O`zbekneftgaz”: “AI-98” rusumli avtomobil benzinining birinchi partiyasi sotuvga chiqarildi

06.12.2021, 09:52

2021 yilning 2 dekabr kuni O`zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining ertalabki sessiyasida Toshkent shahrida joylashgan “ITP INTER TOPFULL PETROL” kompaniyasi tomonidan 60 tonna “AI-98” (tonnasi uchun...
“O`zbekneftgaz”: Davlat xaridlarining ochiq va shaffof tarzda o`tkazilishi ta`minlanmoqda

09.10.2021, 16:48

“O`zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullaevning topshirig`i bilan tizimda xaridlarning shaffofligini ta`minlash va sog`lom raqobat muhitini yaratish maqsadida, amalga oshirilayotgan xaridlar bo`yicha e`lonlar, barcha kerakli...
“O`zbekneftgaz”: Mustaqilligimizning 30 yilligi munosabati bilan davlat mukofotlariga bir guruh neft va gaz xodimlari ham munosib ko`rildi

26.08.2021, 17:57

Mustaqilligimizning o`ttiz yilligi munosabati davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Farmoni imzolandi.Quvonarlisi, O`zbekistonning...
“O`zbekneftgaz”: Amalga oshirilayotgan so`nggi bosqichdagi qurilish-montaj ishlari holatini o`rganish maqsadida Boshqaruv raisi boshchiligidagi “Ishchi guruh” GTL zavodida bo`ldi

15.08.2021, 11:13

“O`zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullaev boshchiligidagi “Ishchi guruh” a`zolari investision loyiha doirasida amalga oshirilayotgan qurilish-montaj ishlarining yakuniy bosqichi holatini o`rganish hamda kelgusi vazifalarni muhokama...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1