1

“Bu joy O`zbekistondagi do`zax, hech kim chiqolmagan!” — Senat “Mehribonlik uylari”ning sobiq tarbiyalanuvchilari holatini o`rganadi

Jamiyat 25.05.2021, 20:07
“Bu joy O`zbekistondagi do`zax, hech kim chiqolmagan!” — Senat “Mehribonlik uylari”ning sobiq tarbiyalanuvchilari holatini o`rganadi

Shu kunlarda Internet ijtimoiy tarmoqlarida “Bu joy O`zbekistondagi do`zax, hech kim chiqolmagan!” sarlavha ostidagi maqola keng muhokamaga sabab bo`lmoqda.

Unda ta`kidlanishicha, Samarqand viloyatidagi 6, 10-sonli hamda Toshkent shahridagi 22-sonli “Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvchilari uchun davlat tomonidan bepul ravishda uy-joy ajratilgan, biroq, tarbiyalanuvchilar mutassaddi tashkilotlar tomonidan ushbu uy-joylar ularga kredit asosida berilgani to`g`risida ogohlantirmagan va buning oqibatida ular mazkur turar-joylardan haydab chiqarilgan.

Shuningdek, ushbu masalaga echim izlab Toshkent shahriga kelishganda ichki ishlar xodimi tomonidan ularga nisbatan o`rinsiz harakatlar amalga oshirilgani iddao qilingan.

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo`mitasi tomonidan  mazkur holat nazoratga olindi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmati ma`lum qildi.

 Tez orada ushbu holatga qonuniy baho berilishi yuzasidan batafsil ma`lumot taqdim etiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1