1

Namanganda haydovchi boshqaruvni yo`qotishi oqibatida yo`lovchi vafot etdi

Jamiyat 25.05.2021, 20:17
Namanganda haydovchi boshqaruvni yo`qotishi oqibatida yo`lovchi vafot etdi

Kecha, 24 may kuni soat 18:00larda, Namangan viloyati, Pop tumani, "Toshkent-O`sh" avtomobil yo`lining 279-kilometrida, haydovchi J.J. "Neksiya" rusumli avtomobilda harakatlanayotib boshqaruvni yo`qotgan va beton to`siqqa urilib, yo`ldan chiqib ketib pastlikka tushib ketgan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasining Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Natijada, haydovchi hamda yo`lovchilar 20 yoshli A.R. va 35 yoshli A.Q.lar tan jarohatlari olib tuman shifoxonasiga murojaat qilishgan. Ushbu avtomobil yo`lovchisi Ya.B. olgan tan jarohatlari sababli vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Pop tumani IIB huzuridagi TB tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1