1

Sog`liqni saqlash tizimi rahbarlari faoliyatini baholash reytingi joriy etiladi

Jamiyat 25.05.2021, 22:12
Sog`liqni saqlash tizimi rahbarlari faoliyatini baholash reytingi joriy etiladi

Prezidentning “Sog`liqni saqlash sohasini kompleks rivojlantirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qaroriga ko`ra, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan birgalikda barcha sog`liqni saqlash tizimi tashkilotlari rahbarlari faoliyatini baholash reytingi joriy etiladi.

Reyting natijalari esa har chorakda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritib boriladi.

 Shuningdek, ushbu qarorda Sog`liqni saqlash vazirligi Davlat boshqaruvi akademiyasi bilan birgalikda ilg`or xorijiy tajriba asosida tibbiyot sohasida boshqaruv bo`yicha ikki haftalik o`quv kurslari tashkil etish belgilandi.

O`quv kurslarini tashkil etish bilan bog`liq xarajatlar esa Tibbiyot tashkilotlarini moddiy rag`batlantirish va rivojlantirish jamg`armasi mablag`lari hisobidan amalga oshirish ko`zda tutilmoqda.

Qolaversa, mazkur hujjatga ko`ra, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag`allikni qisqartirish vazirligi hamda Davlat tibbiy sug`urtasi jamg`armasi bilan birgalikda, Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti tavsiyalaridan kelib chiqqan holda, birlamchi bo`g`inda tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari ro`yxati tasdiqlanib, barcha hududlarda amaliyotga kiritiladi.

Sog`liqni saqlash vazirligi  Matbuot xizmati.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1