O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun, 26 may kunduz kuni O`zbekistonda havo kam bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida kunning ikkinchi yarimda ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo 33-38° gacha isiydi.
Poytaxtimizda havo biroz bulutli bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi, kechga tomon biroz qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin, shamol 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 33-35° gacha ko`tariladi.
Respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 22-27° bo`ladi.
Kutilayotgan mahalliy yomg`irlar hisobiga respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida SEL KELISh XAVFI BOR.






