Kecha Oliy Majlis Senati Kengashining majlisi o`tkazildi, deb yozmoqda, Xushnudbek.
"Majlisda ayrim byudjetdan tashqari maqsadli jamg`armalar masalasi ham ko`rib chiqildi. Jumladan, 2018-2020 yillarda test sinovlari uchun DTMning maxsus jamg`armasidan 93,3 mlrd so`m sarflangan. Shunga qaramay 2019-2020 o`quv yili qabuli test sinovlarida ishtirok etish uchun ariza bergan abiturientlardan 896,4 mln. so`m ortiqcha to`lov undirilgan, 30 mlrd. so`m mablag` tijorat banklari depozitlariga elektron saralash tizimisiz to`g`ridan-to`g`ri tuzilgan kelishuv asosida joylashtirilgan" deyilgan postda.
Shuningdek, “Davlat xaridlari to`g`risida”gi Qonun talablariga rioya qilmasdan 11,2 mlrd. so`mlik xaridlar amalga oshirilgan.
Abiturientlardan ortiqcha undirilgan to`lovlar sababiga izoh keltirilmagan, lekin menimcha, bu asosan to`lov qilishi kerak bo`lmagan abiturientlarning bilmasdan pul to`lagani bilan bog`liq bo`lsa kerak. Masalan, testga kirmasdan, faqat ijodiy imtihon topshiradigan abiturientlar to`lov qilmasligi kerak. Ammo minglab abiturientlar bundan bexabarligi yoki imtihondan qolib ketmasmikinman deb ikkilangani uchun to`lovlarni amalga oshirish holati ko`p uchraydi. Qoida bo`yicha, ortiqcha to`langan pullar DTM tomonidan qaytarib beriladi.
"Yana ham DTM tomonidan bunga izoh berilsa, yaxshi bo`lardi" deya murojaat qimoqda bloger.






