Nurafshon shahar IIB boshlig`i, podpolkovnik Navro`z Zokirjonovich Omonboev bugun vafot etdi.
Ma`lum bo`lishicha, Navro`z Omonboev ertalab soat 04:30 atrofida "Kuchlik" neft baza yaqinida avtohalokatga uchragani aytilmoqda.
Navro`z Omonboev 1985 yil 21 mart kuni Zangiota tumanida tug`ilgan edi. U bir yildan ko`proq vaqt davomida ushbu vazifada ishlab kelayotgandi.
Navro`z Omonboevning oila a`zolariga ta`ziya bildiramiz..






