Ijtimoiy tarmoqlarda “Namanganlik ushbu shaxs fuqoroligi yo`qligidan qiynalganini aytadi. U yillar davomida pasport stolga murojaat qilgan lekin haligacha pasport olomagan. Balki qonunga ko`ra bu insonga pasport berilmayotgandir. Lekin O`zbekistonda tug`ilgan va u hozirda bu holatdan aziyat chekmoqda” izohi bilan murojaat tarqaldi.
Fuqaroligi yo`q shaxs Turgunbaev Zaynitxanning murojaati yuzasidan Namangan viloyati IIB MvaFRBning rasmiy munosabat bildirdi.
Unga ko`ra, Turgunbaev Zaynitxan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 20 noyabr kungi “O`zbekiston Respublikasining fuqaroligi bilan bog`liq masalalarni ko`rib chiqish tartibi to`g`risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi PF-500-sonli Farmoni talablari asosida O`zbekiston fuqaroligini qabul qilish masalasida 2018 yil 5 fevral kuni Namangan shahar IIBga murojaat qilgan.
" - Z.Turgunbaevning murojaati yuzasidan yuritilgan yig`ma ish jildi yuqoridagi Farmon talablariga asosan 2018 yil 21 fevralda fikr-mulohaza olishlik uchun tegishli mutasaddi tashkilotlarga yuborilgan va ijobiy javob olingandan so`ng 2018 yil 23 iyulda yakuniy xulosa chiqarish uchun O`zbekiston Respublikasi IIV MvaFRBBga jo`natilgan.
Murojaat yuzasidan shuni ma`lum qilamizki, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining O`zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilinganligi haqidagi Farmoni e`lon qilingandan so`ng, belgilangan tartibda Z.Turgunbaevga fuqarolik pasporti rasmiylashtirib beriladi", - deyiladi munosabatda.






