AOKAda o`tkazilgan brifingda ishtirok etgan Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi Botir Qurbonovning ma`lum qilishicha, kunlik emlash ko`rsatkichlari bo`yicha Toshkent shahri, Namangan va Toshkent viloyatlari etakchilik qilmoqda.
25 may kuni mamlakatimiz bo`ylab COVID-19ga qarshi 40372 doza vaksina qo`llanildi. Bugungi kungacha jami 1 million 683 mingdan ko`proq doza vaksinadan foydalanildi va 1 million 212 597 nafar shaxs infeksiyaga qarshi emlandi. Ya`ni, 470 ming nafar kishi ikki martadan vaksina olishga ulgurdi.
️Bugungi kungacha O`zbekistonda emlanganlarning 62,5 foizi ZF-UZ-VAS2001 vaksinasi, 34 foizi “Kovishild” va 3,5 foizi “Sputnik V” vaksinasiga bilan qamrab olingan.
️Bir marotaba vaksina olgan shaxslar ikkinchi marta emlanish uchun murojaat qilishi rejadan orqada qolmoqda. Birinchi bor emlanganlar 28 kun ichida tibbiyot muassalariga ikkinchi bor emlanish uchun murojaat qilishlari lozim.






