AsosiyJamiyat

Nega Toshkentning 5 tumani bir vaqtda bir necha kunga suvdan uzib qo`yildi? Izoh berildi

'Nega Toshkentning 5 tumani bir vaqtda bir necha kunga suvdan uzib qo`yildi? Izoh berildi'ning rasmi

Ayni paytda Toshkent shahri 5 ta tumanining ayrim hududlarida suv ta`minoti vaqtincha to`xtab turibdi.

"O`zsuvta`minot" AJ axborot xizmati ma`lum qilishicha, poytaxtni suv bilan ta`minlovchi katta hajmdagi suv quvurlarida ta`mirlash va yangilash ishlari amalga oshirilmoqda. Maxsus guruhlar poytaxtning bir-biriga bog`liq bir necha joylarida tinimsiz ishlamoqda. Maqsad ishni tezroq yakunlab, suv ta`minotini tiklash.  

Ma`lum qilinishicha, 2021-2022 yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonida  har yilgiga nisbatan keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, yopqichlar va yong`in xavfsizligi texnikalari uchun xizmat qiluvchi maxsus jo`mraklar va boshqa vositalarning yangilanishi bilan birga eskirgan yirik hajmdagi suv quvurlari ham almashtirilmoqda.

Bunday ta`mirlash ishlari avvaldan tasdiqlangan jadval asosida amalga oshirilmoqda. Bu haqda iste`molchilar ham oldindan ogohlantirilgan. Aholi punktlariga maxsus texnikalarda suv etkazilmoqda, deyiladi xabarda.

 

    Boshqa yangiliklar