AsosiyJamiyat

Yil boshidan buyon O`zbekistonda 26 nafar odam cho`kib o`lgan – FVV

'Yil boshidan buyon O`zbekistonda 26 nafar odam cho`kib o`lgan – FVV'ning rasmi

AOKAda bo`lib o`tayotgan  matbuot anjumanida Favqulodda vaziyatlar vazirligi yoz mavsumigacha necha kishi cho`kish bilan bog`liq baxtsiz hodisaga uchraganini ma`lum qildi. Bu haqda darakchi.uz muxbiri xabar qilmoqda. 

Qayd etilishicha, joriy yilning 25 may kuniga qadar hududiy Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari Suvda-qutqaruv guruhlari tomonidan jami 26 nafar fuqaroning cho`kishi bilan bog`liq baxtsiz hodisalarga chiqishlar amalga oshirilgan.  

Ulardan 3 nafari cho`milib, 12 nafari cho`kkanlikda gumon qilingan, 16 nafari ehtiyotsizlik oqibatida, 1 nafari o`z joniga qasd qilish va 1 nafari jinoyat oqibatida cho`kkanlarga to`g`ri keladi. Eng achinarlisi, ushbu cho`kishlarning 14 nafari (38,5%) voyaga etmaganlar hisoblanadi.  

️2020 yilda jami 165 nafar cho`kish bilan bog`liq baxtsiz hodisaga chiqishlar qayd etilgan bo`lib, bulardan 57 nafari cho`milish qoidalariga amal qilmaslik oqibatida suvda cho`kish, 40 nafari cho`kishda gumon qilinganlar, 58 nafari ehtiyotsizlik oqibatida cho`kish, 6 nafari o`z joniga qasd qilish va 4 nafari jinoyat oqibatida cho`kishlarga to`g`ri keladi. Ushbu cho`kkan fuqarolarning 56 nafari (34%) voyaga etmaganlarni tashkil qiladi.

Cho`milish mavsumida xavfsizlikni ta`minlash bo`yicha aholi orasida targ`ibot-tashviqot ishlarining amalga oshirilishi ham aholi, ayniqsa, yoshlarning bilimlarini oshirishga xizmat qilib, ogohlikka chaqirishda katta o`rin tutadi. Ayni yo`nalishda 2020-2021 yillarning shu kuniga qadar respublika bo`yicha 419 ta seminar va 18615 ta suhbat tashkil qilinib, 496534 ta eslatma tarqatilgan.

    Boshqa yangiliklar