Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 26 may kuni Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, vazir unga Shavkat Mirziyoevning samimiy so`zlari va ezgu tilaklarini etkazgan. Uchrashuvda tashriflar doirasida erishilgan kelishuvlarning ijrosi yuzasidan fikr almashilgan.
Shuningdek, ikki tomonlama aloqalar va mintaqaviy hamkorlikka doir dolzarb masalalar ko`rib chiqilgan. Savdo, investisiyalar, sanoat kooperasiyasi, transport, energetika, mashinasozlik, engil sanoat va oziq-ovqat sanoati, qishloq va suv xo`jaligi sohalarida mavjud salohiyatdan yanada to`liq foydalanish zarurligi ta`kidlangan.
Muzokaralar chog`ida tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham muhokama qilingan.