AsosiyJamiyat

IIV "Murodboy ishi" bo`yicha sudda yuz bergan to`polonga rasmiy izoh berdi (video)

'IIV "Murodboy ishi" bo`yicha sudda yuz bergan to`polonga rasmiy izoh berdi (video)'ning rasmi

 Ichki ishlar vazirligi 2021 yil 25 may kuni Jinoyat ishlari bo`yicha Yangiyo`l shahar sudida sudlanuvchilarning noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan rasmiy munosabat  bildirdi. 

Ma`lum bo`lishicha, joriy yilning 25 may kuni O`zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va boshqa moddalarida ko`rsatilgan jinoyatlarni sodir etgani uchun ozodlikdan mahrum etilgan  mahbuslar jinoyat ishlari bo`yicha Yangiyo`l shahar sudining 2021 yil 25 may kunidagi so`rovnomasiga asosan boshqa jinoyat ishi bo`yicha JIB Yangiyo`l shahar sudiga yuborilgan.

Hozirda 1-son Tergov hibsxonasida saqlanayotgan ushbu mahbuslar:

  • M.Yunusaliev (1984 y.t., 9 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum etilgan va 27.04.2019 yildan qamoqda);
  • G`.Murodjonov (1987 y.t. 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan va 27.04.2019 yildan qamoqda);
  • A.Qudratov (1980 y.t., 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan va 07.10.2019 yildan qamoqda);
  • E.Sharipov (1987 y.t., 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan va 07.10.2019 yildan qamoqda);
  • S.Yulchiev (1989 y.t., 6 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etilgan va 07.10.2019 yildan qamoqda).

 

Sud jarayoni davomida soat 15:30 larda, M.Yunusaliev, G`.Murodjonov va A.Qudratovlar sud tomonidan qo`yilgan ayblovlardan noroziliklarini bildirib, qo`llaridagi lezviya bo`laklari bilan o`zlariga o`zlari tan jarohat etkazgan, turli noo`rin talablarni qo`yib, IIO xodimlarini qonuniy talablarni bajarmagan.  

Maxbuslarga birinchi tibbiy yordam ko`rsatilgan va ular shu kuni soat 20:00 larda 1-son Tergov hibsxonasiga olib borib topshirilgan.  

Boshqa yangiliklar