2021 yil fevral oyida Rozzoqova farzandlari Hasanboy va Husanboyni Farg`ona shahridagi “Temurbeklar maktabiga” olib kirmoqchi bo`ladi. Bu borada avtobusga chiqib suhbatdoshi bilan yo`l davomida suhbatlashadi va ularning suhbatiga begona ayol qo`shiladi. Ayol mana shu maktabda uni tanishi ishlashi va telefon raqamiga qo`ng`iroq qilib maqsadini aytsa tanishi ishni hal qilib berishina aytadi. 8 fevral kuni Departamentning Quva tuman bo`limi xodimlari, DXX Farg`ona viloyat boshqarmasi Quva tuman bo`linmasi xodimlari hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, Asaka tumanidagi 25-sonli davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatida guruh tarbiyachisi vazifasida ishlovchi Toybo`taev Rozzoqovadan 950 AQSh dollari miqdoridagi pullarni firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida hodisa joyida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda Darakchining maxsus muxbiri Ahror Ziyo xabar bermoqda.
Toybo`taev o`zining yuqoridagi harakatlari bilan JKning 168-moddasi 1-qismi hamda 28, 211-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni, ya`ni o`zining xizmat mavqeidan foydalangan holda aldash yoki ishonchni suiste`mol qilish yo`li bilan o`zganing mulkini pora berishga dalolat qilish orqali ko`lga kiritish jinoyatlarini sodir etgan. Jinoyat ishlari bo`yicha Quva tumani sudi raisi tomonlarning fikrlarini tinglagan holda hukmni e`lon qildi.
Unga ko`ra ba`zaviy xissoblash miqdorining 60 baravarida, 14 million 700 ming so`m jarima jazosi. O`zbekiston Respublikasining JK 211-moddasi, 1-qismi bilan yashash joyini u yoki bu sabab bilan sutkaning soat 19-00 dan ertalabgi 07-00 ga qadar tark etishga taqiqlab 3 yil muddatga ozodlikdan cheklash jazosi tayinlandi.






