AsosiyJamiyat

Paxtachi tumanida IIB xodimlari voyaga etmagan bolani so`roq qildi — holat yuzasidan rasmiylar munosabat bildirdi(video)

'Paxtachi tumanida IIB xodimlari voyaga etmagan bolani so`roq qildi — holat yuzasidan rasmiylar munosabat bildirdi(video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda "Paxtachi tumanida IIB xodimlari voyaga etmagan bolani so`roq qilishdi" sarlavhasi ostida videolavha tarqaldi. Holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB rasmiy munosabat bildirdi.

Holat 2021 yil 25 may kuni Paxtachi tumanida sodir bo`lgan.

Shu kuni soat 20:30 lar atrofida Paxtachi tumani IIB xodimlari hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan, Paxtachi tumani Ziyovuddin shaharchasida joylashgan "Xo`ja-Ziyovuddin" jome` masjidi ko`zdan kechirilganida, maxsus diniy ma`lumotga ega bo`lmagan X.A. ismli shaxs 11 nafar (5 nafari voyaga etmagan) shaxslarga diniy tashkilot boshqaruvi markaziy organining ruxsatisiz, diniy ta`limotdan saboq berayotganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan X.A. ga nisbatan MJtK ning 241-moddasi bilan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, kelgusida diniy ta`limotlardan saboq berish niyati bo`lsa, maxsus diniy bilimlarni egallab, qonunlarga asosan, vakolatli diniy organlarning ruxsati asosida faoliyat ko`rsatishi mumkinligi tushuntirilgan.

Ichki ishlar organlari hech kimni diniy bilim olishini cheklamaydi. Yurtimizda diniy bilim olish uchun barcha zaruriy sharoitlar yaratilgan. Faqatgina qonunchilikka asosan, belgilangan me`yorlarga amal qilish so`raladi.

Shu o`rinda, farzandlariga diniy bilimlarni o`rgatmoqchi bo`lgan ota-onalarga murojaat qilib, diniy ta`limotni maxsus diniy muassasalarda, malakali mutaxassislardan olishlarini so`rab qolamiz.

    Boshqa yangiliklar