AsosiyJamiyat

Toshkentda MIB xodimi ikki yilda 586,4 mln. so`m pulni o`zlashtirib yubordi

'Toshkentda MIB xodimi ikki yilda 586,4 mln. so`m pulni o`zlashtirib yubordi'ning rasmi

"Xabar.uz" saytida “Toshkentda MIB xodimi yarim mlrd. so`mni «eb yuborgan» ekan...” sarlavhali maqola chiqarilgan edi. Bosh prokuratura holat yuzasidan o`rganish olib bordi va holat yuzasidan qo`shimcha ma`lumotlarni ochiqladi.

Mazkur holatga oydinlik kiritish maqsadida quyidagi ma`lumotlar jamoatchilik e`tiboriga havola etiladi.

2019 yil yanvar oyida O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi rahbariyati tashabbusi bilan Byuroning Toshkent shahar boshqarmasi tizimida tekshirish o`tkazilgan.  

Tekshirishda, MIBning Toshkent shahar boshqarmasi moliya-xo`jalik bo`limi Depozit hisob varaqalari bilan ishlash guruhi Bektemir tumani bo`yicha etakchi mutaxassisi Mansur Urazov 2017 yildan 2019 yil fevral oyiga qadar depozit hisobvarag`iga kelib tushgan, jami 586,4 mln. so`m pul mablag`larini talon-taroj qilib, o`z shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan 2019 yil 12 fevral kuni Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan qo`zg`atilgan jinoyat ishi yuzasidan Bektemir tumani prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari o`tkazilib, ish ayblov xulosasi bilan sudga yuborilgan.  

Ish hujjatlariga ko`ra, sudlanuvchi Mansur Urazov 2017 yilning yanvar oyidan 2019 yil fevral oyiga qadar jami 47 ta holatda sud ijro varaqalari asosida kelib tushgan pul mablag`larini o`ziga biriktirilgan va javobgarligida bo`lgan elektron kalit yordamida ATB “Infin bank” Sergeli filiali va ATIB “Ipoteka bank” Yashnobod filialining “E-bank” tizimiga ulanib, elektron to`lov topshiriqnomalariga sud ijro hujjatlari asosida soxta ma`lumotlar kiritish yo`li bilan turli fuqarolarning nomiga rasmiylashtirilgan bank plastik kartalari hisobiga o`tkazib, ijro ishlari bo`yicha qarzdorlar tomonidan to`langan 596.782.195 so`m pullarni o`zlashtirish yo`li bilan talon toroj qilgan.

Bektemir tumani sudining 05.07.2019 yildagi hukmiga ko`ra, M.Urazov JKning 167-moddasi 3-qismi “a,g” bandlari va 209-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan aybdor deb topilib, unga 2 yil muddatga muayyan huquqdan mahrum qilingan holda 2 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.

Jinoyat oqibatida etkazilgan 596.782.195 so`m moddiy zarar to`liq qoplangan.

    Boshqa yangiliklar