AsosiyJamiyat

MChJning shaxsiy hisob varag`iga asossiz ravishda 769,4 mln. so`mga inkasso yuborilgan. Davlat soliq qo`mitasi vaziyatni o`rgandi

'MChJning shaxsiy hisob varag`iga asossiz ravishda 769,4 mln. so`mga inkasso yuborilgan. Davlat soliq qo`mitasi vaziyatni o`rgandi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda 25 may kuni yirik soliq to`lovchi “V L Galperin nomidagi Toshkent truba zavodi” MChJning shaxsiy hisob varag`iga asossiz ravishda aylanmadan olinadigan soliq bo`yicha 769,4 mln. so`mga inkasso topshiriqnomasi yuborilganligi haqida xabar qoldirildi.  

Ushbu holat Davlat soliq qo`mitasi raisi Sh.Kudbiev tomonidan shaxsan nazoratga olinib, tezkor o`rganish olib borildi.  

Dastlabki o`rganish natijasida xabarda keltirilgan holat o`z tasdig`ini topdi. 26 may kuni soliq to`lovchi hisob varag`iga qo`yilgan inkasso topshiriqnomasi qaytarildi.  

Vaziyatni batafsil o`rganish bo`yicha xizmat tekshiruvi tayinlandi. Xizmat tekshiruvi yakuniy natijalari yuzasidan qo`shimcha axborot taqdim etiladi.  

Keltirilgan noqulaylik uchun soliq to`lovchidan uzr so`raymiz.  

    Boshqa yangiliklar