Samarqand viloyati Samarqand tumanida ayanchli YTH sodir bo`ldi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB xabar qildi.
Ma`lum bo`lishicha, shu yil 21 may kuni tungi soat 3:30 larda Kobalt haydovchisi rulda uxlab qolishi oqibatida o`zidan oldinda ketayotgan Kamazga borib urilgan. Natijada, mashinada yong`in chiqqan va oqibatda ikki kishi voqea joyida halok bo`lgan.
Haydovchi va yana bir yo`lovchi kuyish jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
26.05.2021 17:48
Samarqandda xaydovchining uxlab qolishi oqibatida YTH sodir bo`ldi. Qurbonlar bor...






