AsosiyJamiyat

Vajlar o`z tasdig`ini topsa, qabul qilingan qaror bekor qilinadi — Senat Andijonda deputatning daxlsizlik huquqidan mahrum qilingani haqida

'Vajlar o`z tasdig`ini topsa, qabul qilingan qaror bekor qilinadi — Senat Andijonda deputatning daxlsizlik huquqidan mahrum qilingani haqida'ning rasmi

Internet nashrlari hamda ijtimoiy tarmoqlarda xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining bir qator deputatlari tomonidan murojaaat yo`llanib, unda 2021 yil 17 may kuni bo`lib o`tgan sessiyada deputat Shuxrat Karimovning daxlsizlik huquqidan mahrum qilish to`g`risida qabul qilingan qaror noqonuniyligi bildirilgan.

Avvalroq mazkur holat Senatning Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatiga ko`maklashuvchi komissiyasi (Maxsus komissiya) tomonidan nazoratga olinib, o`rganish ishlari olib borilayotganligi bo`yicha xabar berilgan edi.

Ayni paytda Senat Axborot xizmati holat yuzasidan o`rganish ketayotganini ma`lum qildi. 

"Ta`kidlash joizki, ijtimoiy tarmoqlarda e`lon qilingan har bir masala puxta va sinchkovlik bilan qonunchilikka tayangan holda o`rganish talab etiladi. Shu bois masalaga huquqiy echim topish va adolatli qaror chiqarish maqsadida ayni paytda Maxsus komissiya tomonidan o`rganish ishlari davom ettirilmoqda.

Tez kunlarda ushbu o`rganish natijalari yuzasidan jamoatchilikka batafsil ma`lumot beriladi.

Murojaatda keltirib o`tilgan vajlar o`z tasdig`ini topgan taqdirda, qonunchilikka zid ravishda qabul qilingan qaror Senat tomonidan o`rnatilgan tartibda bekor qilinishi ta`minlanadi", - deyilgan rasmiy xabarda. 

 

    Boshqa yangiliklar