AsosiyJamiyat

О'zbekistonda qanday holatlarda cho`milish havzalarini faoliyati vaqtincha yoki butunlay to`xtatiladi?

'О'zbekistonda qanday holatlarda cho`milish havzalarini faoliyati vaqtincha yoki butunlay to`xtatiladi?'ning rasmi

Sanitariya-epidemiologiya xizmati O`zbekistonda qanday holatlarda suv havzalari faoliyati vaqtincha yoki butunlay to`xtatilishi haqida ma`lumot berdi.

Ma`lum qilinishicha, «Cho`milish havzalarini loyihalashtirish, joylashtirish va foydalanish sanitariya qoida va me`yorlari» nomli sanitariya qoida va me`yorlari talablari belgilangan. Unga ko`ra, suv havzalaridan bakteriologik tekshiruvlar uchun olingan namunalarda kasallik chaqiruvchi bakteriyalar aniqlangan holatlarda sanitariya-epidemiologiya tadbirlar to`liq amalga oshirilgunga qadar ish faoliyati vaqtincha to`xtatiladi. Bunda basseyndagi suv chiqarib tashlanib, uning tubi va devorlari zararsizlantiruvchi vositalar yordamida yuviladi.

Shundan so`ng hovuzga yangi suv to`ldiriladi va qaytadan bakteriologik, kimyoviy tahlillarga suv namunalari olinadi. Tahlil natijalariga asosan, cho`milish hovuzining ish faoliyatini davom ettirishga ruxsat beriladi.

Ma`lumot o`rnida, cho`milish havzalarida zarur talablarga rioya etilmagan hollarda bakteriyali, zamburug`li, virusli kasalliklar yuqishi mumkin.

Boshqa yangiliklar