AsosiyJamiyat

Qozog`istonda o`qiyotganligi haqida hujjat tayyorlab bermoqchi bo`lgan Samarqand instituti xodimi qo`lga olindi

'Qozog`istonda o`qiyotganligi haqida hujjat tayyorlab bermoqchi bo`lgan Samarqand instituti xodimi qo`lga olindi'ning rasmi

  Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Kattaqo`rg`on shahar bo`limlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro B.T. tanishlari orqali fuqaro Sh.ning ukasi va jiyaniga Qozog`iston Respublikasidagi institutlarning birida 2020 yilning sentyabr oyidan o`qiyotganligi to`g`risida hujjatlarni tayyorlab berish evaziga 4 200 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlanib, uning ko`rsatuvlariga asosan tadbir davom ettirilganda, Toshkent axborot texnologiyalari Universitetining Samarqand filialida bo`limi boshlig`i lavozimida ishlovchi M. fuqaro B.T.dan 3 000 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda Prokuratura Departamenti xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, prokuraturaga yuborilgan.   

    Boshqa yangiliklar