AsosiyJamiyat

Farg`ona IIB boshlig`ining tashabbusi bilan yoshlar uchun sport o`yingohi tashkil etildi

'Farg`ona IIB boshlig`ining tashabbusi bilan yoshlar uchun sport o`yingohi tashkil etildi'ning rasmi

Farg`ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig`i, 3-sektor rahbari, polkovnik Doniyor Tashxodjaevning bevosita tashabbusi bilan Farg`ona shahridagi “Mirzo Ulug`bek” mahalla fuqarolar yig`ini hududida zamonaviy sport o`yingohi tashkil etildi. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, bu erda aholi va yoshlarga sportning futbol, stol tennisi, shaxmat-shashka turlari bilan shug`ullanish uchun barcha shart-sharoit muhayyo qilingan bo`lib, hudud aholisi sektor boshlig`ining bu xayrli tashabbusidan bexad mamnun bo`lishgan.

Sport o`yingohining ochilish marosimi katta tantanaga aylanib ketgan. Tadbirda ishtirok etgan polkovnik Doniyor Tashxodjaev mahalla yoshlari bilan samimiy muloqot qildi. Ularga omad tilab, sport kiyimlari, kitob jamlanmalari sovg`a qilgan.

- Bu o`yingoh aholi va mahalla yoshlari uchun doim ochiq, - dedi sektor boshlig`i. - Bu erda ular bo`sh vaqtini samarali o`tkazishadi, ota-onalarning dam olishlari uchun ham sharoitlar bor. Sport farzandlarimizni barkamollik, sog`lom hayot sari chorlaydi, ular o`rtasida huquqbuzarliklar ham keskin kamayishiga erishilagan.

Viloyat IIB boshlig`i o`yingohda mahalla yoshlari o`rtasida tashkil etilgan musobaqalarni ham tomosha qilgan.

Boshqa yangiliklar