Bugun AOKAda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi axborot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova ishtirokida o`tkazilgan brifingda qabul jarayonlari haqidagi savollarga javob qaytarildi.
Unga ko`ra, qabul kunlari joriy yilning 5-25 iyun kunlari onlayn shaklda amalga oshiriladi.
- Ijodiy imtihonlar O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Test sinovlari Davlat test markazi bilan hamkorlikda tashkil etiladi.
- Saralash imtihonlarining bitta bosqichida ishtirok etmagan nomzod keyingi bosqichga qo`yilmaydi va imtihonlardan chetlatiladi.
- Saralash imtihonlari va uning bosqichlarida sinovlar QAYTA O`TKAZILMAYDI
- Ijod maktablarining 2021-2022 o`quv yili uchun o`quvchilar 7- va 8-sinflarga qabul qilinadi.
- O`tgan yili pandemiya bo`lganligi sababli, bu yil 8-sinfga ham qabul bo`ladi.
Saralash imtihonlari:
- birinchi bosqich – 1-10 iyul kunlari;
- ikkinchi bosqich – 15-20 iyul kunlari pavilonlarda tashkil etilishi rejalashtirilgan.






