Toshkent shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazi bazasida tashkil etilgan "Yapon tili va kasbiy malaka test markazi"da 2021 yil yozgi semestr uchun o`qishga arizalarni onlayn qabul qilish boshlandi.
Mazkur kurslarda fuqarolar Yaponiyada ishga joylashish uchun talab etiladigan N4 darajasidagi yapon tili va kasbiy malaka kurslari ko`nikmalari (JFT-BASIC, JLTP) va "Maxsus kasbiy malaka" (Tokutei Ginou) testlariga hamda “Texnik stajyor” dasturi bo`yicha tayyorlanadi.
Testdan muvaffaqiyatli o`tgan fuqarolar “Maxsus malakali ishchi halqaro sertifikati”ni qo`lga kiritib “Yaponiyada 3 yildan 10 yilgacha ishlash imkoniyatiga ega bo`lish uchun yaponiyalik ish beruvchi kompaniyalar tomonidan o`tkaziladigan tanlov suhbatlarida ishtirok etadi.
Mazkur kurslar Yaponiyaning Nippon akademiyasi yapon tili maktabi o`qituvchilari va Yaponiya ish beruvchilari tomonidan tashkillashtirilmoqda.
Kurslar 2021 yil 1 iyuldan boshlanadi.
- Kurslar narxi 2,5 mln so`m (bir semestr uchun)
- Kurslarda o`qish uchun Yaponiya mehnat qonunchiligiga ko`ra yosh chegaralanmagan.
Shuningdek, 2021 yil yanvardan boshlab, tashkillashtirilgan holda xorijda ishlash uchun ketayotgan va «labor-migration» dasturiy majmuasida ro`yxatga olingan va ishsiz deb qayd etilgan fuqarolar mazkur kurslarda grant mablag`lari hisobidan tahsil olishlari mumkin.
Yapon tili va kasbiy malaka kurslariga grant mablag`lari hisobidan o`qish talablari bilan markazning telegram kanalida tanishish mumkin.
Ro`yxatdan o`tish muddati 2021 yil 7 iyungacha.
Qo`shimcha ma`lumot uchun ️quyidagi telefon raqamiga +998781200900 (uzluksiz 24/7) telefon qilishingiz so`ralmoqda.






