AsosiyJamiyat

Toshkent viloyati hokimi 70 nafar talabaning kontrakt pulini to`lab beryapti. Bu miqdor yana oshishi mumkin

'Toshkent viloyati hokimi 70 nafar talabaning kontrakt pulini to`lab beryapti. Bu miqdor yana oshishi mumkin'ning rasmi

Bu haqda Toshkent viloyat hokimligi Matbuot xizmati "Darakchi"ga ma`lum qildi. 

"O`zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2021 yilning 1 aprel kuni o`tkazilgan videoselektor yig`ilishida tibbiyot xodimlarini rag`batlantirish va hudud uchun zarur bo`lgan tor mutaxassislarni tayyorlash maqsadida mahalliy byudjetdan etarli miqdorda grant mablag`lari ajratilishi, mazkur grant asosida ta`lim olgan shifokorlarga tegishli viloyatga borib, uch yil ishlab berish majburiyatini yuklash vazifalari belgilangan edi.

Topshiriqqa asosan Toshkent viloyati hokimining 2021 yil 27 maydagi 197-F-sonli farmoyishi qabul qilindi.

Xususan, kontrakt asosida tibbiyot oliygohlarida va Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy markazlarida o`qiyotgan 186 nafar klinik ordinatorlar va magistrlar ro`yxati shakllantirildi. Birinchi bosqichda 70 nafar klinik ordinatorlar va magistrlarning to`lov kontrakt summalarini to`lab berish ishlari boshlandi", - deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar