Ayni damda Milliy matbuot markazida “Qabul qilinayotgan muhim qonun hujjatlarini keng aholi qatlamiga va tadbirkorlik sub`ektlariga etkazish” mavzusida matbuot anjumani o`tkazilmoqda. Bu haqda Darakchi.uz muxbiri xabar berdi.
Vazirlikning “1008” ishonch telefoni orqali eng ko`p kelib tushayotgan murojaat turlarini aniqlagan holda, shu jumladan yoshlar va ayollar huquqlariga oid targ`ibot materiallari (matnli, infografika, videorolik) tayyorlab va e`lon qilib borish amaliyoti yo`lga qo`yilgan.
Targ`ibot materiallarini tayyorlashda “paket” usuli joriy etilib, jamiyat va davlat hayoti uchun muhim qonunchilik hujjatlari bo`yicha annotasiya, slayd, infografika, videorolik shaklida materiallar yaratilmoqda. Bu usul orqali targ`ibot tadbirlari jonli muloqotga aylanishi, aholining qiziqishi ortishiga erishilmoqda.
Bevosita vazirlik tashabbusi bilan yaratilgan Advice va Advice for business portallari esa aholining va tadbirkorlarning huquqiy muammolarini tezkorlik bilan hal qiluvchi asosiy vositalardan biriga aylanib ulgurgan.
Bugungi kunda vazirlik tomonidan 2 milliondan ortiq yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishga ko`maklashish maqsadida respublika bo`yicha “Vatan taqdiri – mening taqdirimda” mavzusida seminar-treninglar tashkil etilmoqda. Seminar-treninglar 2 ta yo`nalishda – ta`lim muassasalarida va uyushmagan yoshlar o`rtasida tashkil etiladi.
Hozirgi kunda “LexUZ”da jami jami 97 637 ta normativ-huquqiy hujjat mavjud bo‘lib, ular o‘zbek, rus va ingliz tillarida e’lon qilingan. Ushbu hujjatlarning 11 707 Qonun hujjatlari, 13 118 tasi Prezident hujjatlari, 28 212 tasi Hukumat qarorlari va farmoyishlari, 21 940 tasi vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning hujjatlaridan iborat.






