AsosiyJamiyat

Transport vazirligi Misrning “Fly Egypt” aviakompaniyasi havo kemasi bilan sodir bo`lgan avihodisa yuzasidan rasmiy izoh berdi

'Transport vazirligi Misrning “Fly Egypt” aviakompaniyasi havo kemasi bilan sodir bo`lgan avihodisa yuzasidan rasmiy izoh berdi'ning rasmi

Joriy yilning 26 may kuni Toshkent – Qohira yo`nalishi bo`yicha FEG 1402 qatnovini bajarayotgan “Fly Egypt” aviakompaniyasining ro`yxat raqami SU TMG bo`lgan, Boeing-737 rusumli havo kemasi ekipaji “Toshkent” aeroportidan parvozni amalga oshirish jarayonida noto`g`ri manyovrni amalga oshirgan.   Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati xabar berdi. 

Ayni damda ushbu holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 27 dekabrdagi 505-son qarori bilan tasdiqlangan “O`zbekiston Respublikasida fuqaro aviasiya havo kemalari bilan sodir bo`lgan aviasiya halokati va insidentlarini tekshirish qoidalari”ga muvofiq aviahodisa tekshiruvini o`tkazish yuzasidan komissiya tuzildi.  

Komissiya tomonidan holat bo`yicha tekshiruv ishlari olib borilmoqda.  

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar